Bayden yomon ob-havo tufayli samolyotda qolib ketdi (VIDEO)

Bayden yomon ob-havo tufayli samolyotda qolib ketdi (VIDEO)

AQSh prezidenti Jo Bayden Delaver shtatidagi Yangi yildan so‘ng Vashingtonga qaytdi. Biroq prezident samolyoti kuchli qor bo‘roniga tushib qolgan va bu Amerika yetakchisining samolyotni o‘z vaqtida tark etishiga to‘sqinlik qilgan. Bu haqda “Report” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, AQSh prezidenti hay’ati Endryu aviabazasiga yetib kelishi chog‘ida qor bo‘roni ko‘tarilgan. Natijada Amerika prezidenti samolyotda yarim soatcha qolishga majbur bo‘ldi. Bayden uchish-qo‘nish yo‘lagi qordan tozalangach, samolyotdan tushishga muvaffaq bo‘ldi.

Amerika prezidenti zinapoyadan tushgach, kuchli shamoldan tebrandi va yuzini qo‘li bilan yopdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!