Bayden Mishel Obamani vise-prezidentga "aylantirdi"
AQSh prezidenti Jo Bayden yangi yadroviy suv osti kemasini ishga tushirish marosimidagi ommaviy nutqi davomida Mishel Obamani mamlakatning sobiq vise-prezidenti deb atadi.
“Men u (birinchi xonim Jill Bayden — tahr.) Mishel Obama bilan u vise-prezident bo‘lgan paytida boshlagan Kuchlarni birlashtirish tashabbusida birinchi xonim sifatida qilayotgan ishi bilan chuqur faxrlanaman”, deyiladi uning nutqida.
Dastlab Baydenning so‘zlari Mishel Obamaning avval vise-prezident bo‘lib ishlaganini anglatardi. Aslida, Jo Baydenning o‘zi Barak Obama davrida vise-prezident bo‘lgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)