Bayden Markaziy Osiyoning 5 ta davlati rahbarlari bilan o‘zining ilk uchrashuvini o‘tkazishi mumkin

Bayden Markaziy Osiyoning 5 ta davlati rahbarlari bilan o‘zining ilk uchrashuvini o‘tkazishi mumkin

AQSh prezidenti Jo Bayden kelasi hafta Markaziy Osiyoning beshta davlati – Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston rahbarlari bilan o‘zining ilk uchrashuvini o‘tkazishi mumkin.

Bu haqda prezidentning Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan brifingda ma’lum qildi.

Sallivanga ko‘ra, uchrashuv hech bir davlatga qarshi qaratilgan emas, gap Qo‘shma Shtatlar ushbu davlatlar bilan hamkorlikda ishlamoqchi bo‘lgan ijobiy masalalar haqida ketmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kelgusi haftada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Tojikiston rahbarlari BMT Bosh Assambleyasida ishtirok etish uchun AQShga tashrif buyurishni rejalashtirishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!