Bayden Kiyevdagi Oxmatdit bolalar shifoxonasiga raketa hujumini qoraladi

Bayden Kiyevdagi Oxmatdit bolalar shifoxonasiga raketa hujumini qoraladi

AQSh prezidenti Jo Bayden 8 iyul, dushanba kuni Ukraina poytaxti Kiyevdagi Oxmatdit bolalar shifoxonasiga raketa hujumini qoraladi.

«Kiyevdagi eng yirik bolalar kasalxonasiga zarar va qurbonlar keltirgan raketa zarbalari Rossiyaning shafqatsizligi haqida dahshatli eslatma bo‘ldi», - dedi Bayden.

AQSh rahbarining qayd etishicha, Vashington va uning NATO bo‘yicha ittifoqchilari shu hafta Ukrainaning havo mudofaasini kuchaytirish bo‘yicha yangi choralarni e’lon qiladi.

«Dunyo hozirda Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etayotgani va biz Rossiyaning tajovuzkorligini e’tiborsiz qoldirmasligimiz juda muhim», — dedi u.

8 iyul kuni ertalab Ukraina shaharlari shiddatli raketa hujumlariga uchradi. Ukraina tomoniga ko‘ra, Ukraina fuqarolik infratuzilmasiga raketa hujumlari Rossiya tomoni tomonidan amalga oshirilgan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha poytaxt Kiyevga kuchli raketa hujumi oqibatida bolalar shifoxonasiga zarar yetganini aytdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!