Bayden hozircha Ukrainaga tashrif buyurmaydi

Bayden hozircha Ukrainaga tashrif buyurmaydi

Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik kommunikasiyalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi AQSh prezidenti Jo Baydenning Ukrainaga tashrifi uchun hali to‘g‘ri vaqt emasligini aytdi.

Bu haqda u CNN telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Kirbining aytishicha, Bayden Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan yaqin aloqada va u bilan "juda tez-tez" gaplashadi.

“O‘ylaymanki, prezident buni ma’qul vaqtda amalga oshirishni xohlaydi, ammo hozir vaqti emas”, — deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!