Bayden: Biz orqaga qaytmaymiz
AQSh prezidenti Jo Bayden Vilnyus markazida o‘tgan NATO sammitidan so‘ng so‘zladi. Uning ta’kidlashicha, G‘arb davlatlari Ukraina bo‘yicha o‘z pozisiyasini o‘zgartirmaydi va Rossiya agressiyasiga qarshi kurashda uni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.
Jurnalistlarning yozishicha, Bayden Oq uy "muhim nutq" deya ta’riflagan nutqiga tayyorgarlik ko‘rish uchun kechasi NATO yetakchilari bilan tushlikdan voz kechgan.
Baydenning so‘zlariga ko‘ra, Putin “birinchi sinovda birligimiz larzaga keladi deb o‘ylagan”.
U demokratik rahbarlar kuchsiz bo‘lishiga ishongan. Ammo u noto‘g‘ri o‘yladi”, — deya xulosa qildi Bayden.
AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Putin urushni cho‘zish orqali Ukrainani mag‘lub etishga umid qilmoqda, ammo u yanglishmoqda. "Ukraina erkinligicha qolmoqda", dedi Bayden.
Oq uy rahbari, shuningdek, 1991 yil yanvar oyida Litvada sodir bo‘lgan voqealarni, bu mamlakat aholisi Litva mustaqilligiga qarshi kurashmoqchi bo‘lgan sovet qo‘shinlariga qarshi chiqqanini esladi.
Bayden aytganidek, Boltiqbo‘yi mamlakatlari aholisi - Litva, Latviya va Estoniya - Yevropa kelajagining ramziga aylandi.
