«Barselona»ning eng asosiy 4 transfer maqsadi ma’lum qilindi

«Barselona»ning eng asosiy 4 transfer maqsadi ma’lum qilindi

«Barselona» transfer oynasining qolgan kunlari davomida qaysi xaridlar ustida ishlashini aniqlab olgan.

Marca ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar tarkibini kuchaytirish uchun «PSJ»dan Adrian Rabyo, «Bavariya»dan Tyago Alkantara, «Ayaks»dan Frenki De Yong hamda «Yuventus»dan Miralem Pyanich jamoaga jalb etilishi mumkin.

Ushbu variantlar ichida Rabyo va De Yong transferining amalga oshish ehtimoli yuqori ekani aytilmoqda. Pyanich avvalroq Turin klubidan ketishni istamayotgani haqida aytgan bo‘lsa, Alkantaraning, OAVdagi xabarlarga qaraganda, «Real»ga o‘tishi aniq bo‘lib ulgurgan.

Albatta, «PSJ» ham 23 yoshli xavbekini tarkibda olib qolish uchun bor imkoniyatini ishga soladi. Parijliklar Rabyoga yangi shartnoma taklif qilishgan. Shunday bo‘lsa-da, kataloniyaliklar Adrianni ancha vaqtdan buyon kuzatib yurishibdi. Keyingi 3 hafta davomida u «Barsa»ning eng asosiy transfer nishoni bo‘ladi.

Qayd etish joiz, Rabyo klubi yangi kelishuvni imzolashdan bosh tortsa, kelasi yil yozda erkin agentga aylanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!