"Barselona" "Manchester Siti" sardoriga ko‘z tikdi

"Barselona" "Manchester Siti" sardoriga ko‘z tikdi

"Manchester Siti" sardori Ilkay Gyundogan "Barselona" e’tiborida bo‘lib turibdi, deya xabar berdi Radio Catalunya.

Xabarlarga ko‘ra, kataloniyaliklar 31 yoshli yarim himoyachini kelasi yozda sotib olishi mumkin. Uning "shaharliklar" bilan shartnomasi 2023 yilda yakuniga yetadi. Tomonlar hozirda uni uzaytirish borasida faol muzokaralar olib borishmoqda.

Avvalroq "Barsa" Bernardu Silvani yoz uchun asosiy maqsad qilib belgilab olgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!