“Barselona” jahon chempionatida ham rekord o‘rnatdi

“Barselona” jahon chempionatida ham rekord o‘rnatdi

“A Bola” nashrining yozishicha, 2018 yilgi jahon chempionatida har bir guruhda “Barselona” futbolchisi bor. Kataloniya klubi bunday statistika qayd etgan birinchi klubga aylandi va o‘ziga xos rekord o‘rnatdi.

Demak, Kataloniya klubi futbolchilari mundialda barcha guruhlardan joy olgan: Luis Suares (Urugvay, A guruhi), Andres Inyesta, Serxio Buskets, Jerar Pike, Jordi Alba (Ispaniya, B guruhi), Samuel Umtiti va Usmon Dembele (Fransiya, C guruhi), Lionel Messi (Argentina, D guruhi), Ivan Rakitich (Xorvatiya, D guruhi), Mark-Andre ter Shtegen (Germaniya, E guruhi), Filippe Koutinyo va Paulinyo (Braziliya, F guruhi), Tomas Vermalen (Belgiya, G guruhi), Yerri Mina (Kolumbiya, H guruhi).

Manba: soccernews.ru

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!