"Barselona" himoyachisini uzoq vaqtga yo‘qotdi

"Barselona" himoyachisini uzoq vaqtga yo‘qotdi

"Barselona" va Fransiya terma jamoasi himoyachisi Jyul Kunde 3-4 haftani o‘tkazib yuborishi mumkin, deb xabar beradi Marca.

23 yoshli fransuzda femoris biceps yirtilgan deb gumon qilingan. Tez orada u chuqurlashtirilgan ko‘rikdan o‘tadi.

“Barselona” himoyachisi Millatlar ligasi doirasidagi Fransiya – Avstriya uchrashuvida (2:0) asosiy tarkibdan joy oldi va 23-daqiqadayoq almashtirildi.

Kunde yozgi transfer oynasida "Sevilya"dan "Barselona"ga o‘tgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!