BAA qaysi kasb egalariga o‘z fuqaroligini berishini aytdi

BAA qaysi kasb egalariga o‘z fuqaroligini berishini aytdi

Birlashgan Arab Amirliklari o‘z qonunlariga xorijlik investorlar va bir necha soha mutaxassislariga,  shuningdek,  ularning oilalariga fuqarolik berilishiga imkon beradigan o‘zgartirishlarni kiritdi.

Bu haqda BAA vise-prezidenti va Dubay hukmdori shayx Muhammad bin Rashid Al Maktum 30 yanvar kuni xabar bergan. Bu qaror jahondagi iste’dodli kadrlarni  mamlakatga jalb qilish bo‘yicha qilinayotgan harakatlardan biri hisoblanadi.

Endilikda BAA fuqaroligini olishi mumkin bo‘lgan kasb egalari qatoriga olimlar,  shifokorlar,  muhandislar,  san’atkorlar, yozuvchilar kiradi.

“Biz investorlar,  bir necha sohadagi iste’dodli mutaxassislar,  shu jumladan olimlar,  shifokorlar,  muhandislar,  san’atkorlar, yozuvchilar va ularning oilalariga BAA fuqaroligini olishga imkon beradigan qonunga tegishli tuzatishlarni kiritdik. Yangi o‘zgarishlar bizning rivojlanishimizga hissa qo‘shadigan iste’dodlarni mamlakatimizga jalb qilishga qaratilgan» dedi Shayx Muhammad Tvitterda.

Birlashgan Arab Amirliklarining Vazirlar mahkamasi, mahalliy amirliklarning sudlari va ijroiya kengashlari har bir toifadagi belgilangan mezonlarga javob bergan  nomzodlarni fuqarolikka olish taklifini beradi. Shuningdek, BAA fuqaroligiga qabul qilinadiganlar o‘zlarining avvalgi fuqaroliklarini ham saqlab qolish mumkin bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!