BAA AQSh rahbarligidagi birlashgan dengiz kuchlarini tark etdi

BAA AQSh rahbarligidagi birlashgan dengiz kuchlarini tark etdi

Birlashgan Arab Amirligi (BAA) Qizil dengiz va Fors ko‘rfazida harakat qilayotgan AQSh rahbarligidagi Birlashgan dengiz kuchlari tarkibidan chiqdi, deb xabar bermoqda BAA tashqi ishlar vazirligi o‘z saytida.

“BAA mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik bo‘yicha umumiy maqsadga erishish vositasi sifatida tinch muloqotlarga va diplomatik vositalarga suyanadi. Xavfsizlik sohasida sheriklarimiz bilan hamkorligimiz samarasini doimiy baholab borishimiz natijasida ikki oy avval Birlashgan dengiz kuchlarida ishtirok etmaslikka qaror qildik”, – deya ta’kidlanadi xabarda.

Bosh qarorgohi Bahraynda joylashgan Birlashgan dengiz kuchlariga AQShning beshinchi floti bilan bir qatorda yana 34 ta mamlakat a’zo hisoblanadi. Tashkilot kemalarning xavfsiz qatnovi hamda Qizil dengiz va Fors ko‘rfazida qaroqchiliklarga qarshi birgalikda kurash masalalari bilan shug‘ullanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!