Azimjon Asqarovning jasadi O‘zbekistonda dafn etiladi

Azimjon Asqarovning jasadi O‘zbekistonda dafn etiladi

Avvalroq, Qirg‘izistonda umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan huquq himoyachisi Azimjon Asqarov vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, Azimjon Asqarovning rafiqasi, o‘g‘li va boshqa oila a’zolarining uning O‘zbekiston hududida dafn etilishi haqidagi murojaatiga binoan Qirg‘iziston tomoni bilan tegishli maslahatlashuvlar o‘tkazildi.

O‘zaro muzokaralar natijasi bo‘yicha A. Asqarov oila a’zolarining murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularning talablarini qanoatlantirish yuzasidan kelishuvga erishildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!