Ayol xiyonatkor, er ajrashmoqchi. Bola kimga qoladi?

Ayol xiyonatkor, er ajrashmoqchi. Bola kimga qoladi?

— Kelinim xiyonat qilganligi sababli o‘g‘lim ajrashmoqchi. O‘rtada bola bor. Xiyonatkor ayolga bolasining tarbiyasini o‘g‘lim ishonmayapti. Bunday holatda bola otada qoladimi? (A.D, Andijon viloyati, Xo‘jaobod tumani)

— Ota-ona alohida yashaganda bolalarning qayerda yashashi ota-onaning kelishuviga binoan belgilanadi.

Ota-ona o‘rtasida kelishuv bo‘lmasa, bolaning taqdiri sud tomonidan bolalar manfaatlaridan kelib chiqib, ularning fikrini hisobga olgan holda hal etiladi. Bunda sud, bolaning ota-onadan, aka-uka, opa-singillaridan qaysi biriga bog‘lanib qolganligini, bolaning yoshini, ota-onasining axloqiy va boshqa shaxsiy fazilatlarini, ota-onaning har biri bilan bola o‘rtasidagi munosabatlarni, bolani tarbiyalash va uning kamoloti uchun shart-sharoitlar (ota-onasining mashg‘ulot turi, ish tartibi, moddiy hamda oilaviy ahvoli va boshqalar) yaratish imkoniyatini hisobga oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!