Avtomobil salonida yolg‘iz ketayotgan haydovchi niqobsiz yurishi mumkinmi? 

Avtomobil salonida yolg‘iz ketayotgan haydovchi niqobsiz yurishi mumkinmi? 

AOKA anjumanlar zalida Respublika maxsus komissiyasining karantin choralarini kuchaytirish borasidagi qarori yuzasidan brifing bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Sanitariya-epidemiologik nazorat davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ushbu savolga javob qaytardi.

«Doka niqob haqida fikrlar ko‘p. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va boshqa idoralar niqob taqishga alternativ bo‘lgan uslub bo‘yicha taklif bermagan. O‘zimizni tajribani qaraydigan bo‘lsak, biron-bir jamoada kasalliklar aniqlanganda, muntazam niqob taqib yurganlar sog‘lom chiqyapti. 

Respublika maxsus komissiyasi qarorlarida «salonning ichidagi haydovchi niqob taqib yurmasa ham bo‘ladi», degan fikr yo‘q», — dedi Otabekov. 
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!