Avstriyalik polisiyachi irqchilik va islamofobiyada ayblandi

Avstriyalik polisiyachi irqchilik va islamofobiyada ayblandi

Avstriyada polisiya xodimi mahalliy yosh muslimalarga qarshi irqchilik kayfiyatida bo‘lganlikda ayblanmoqda.

Zobitning aytishicha, Vena xalqaro aeroportida 20 nafar yosh qizlar pasport nazoratidan o‘tayotgan bo‘lgan.

Guruh a’zolaridan biri bo‘lgan Asmo Ayyadning “Anadolu” agentligiga ma’lum qilishicha, ular Istanbul va Kapadokiya safaridan qaytayotgan bo‘lganlar. Shu payt pasport nazorati bo‘yicha polisiya xodimi guruhning ikkita o‘rangan a’zosidan “Istanbulda sizni majburan turmushga berishmadi-ya?” deb kinoya qilgan.

Asmoning aytishicha, ular ofiser bilan gaplashmoqchi bo‘lishgan, biroq u suhbatlashishdan va o‘zining nishon raqamini berishdan bosh tortgan va hattoki guruh a’zolaridan biriga tahdid ham qilgan.

“Ofiserning so‘zlarida irqchilik va kamsitish bor edi. Bu shunchaki gap yoki hazil emas edi”, dedi u.

“Mening bu yerdagi maqsadim noqonuniy harakatlarga e’tiborni tortish. U do‘stlarimga aytgan so‘zlari, qo‘pol muomalasi, suhbatlashishdan va uning nishon raqamini berishdan bosh tortganligi qonunga xilof edi”.

Ushbu yosh qizlar irqchilik va islamofobik kayfiyatdagi muomalaga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atmoqchi bo‘lishyapti.

Polisiya vakili Yohan Baumslager voqea tekshirilishini va zobitning irqchilikka oid gaplari haqida savollar berilishi mumkinligini bildirib o‘tdi.

Manba: azon. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!