Avariya holatidagi ikkita ko‘p qavatli uy qulab tushdi​

Avariya holatidagi ikkita ko‘p qavatli uy qulab tushdi​

Marsel markazidagi "Rue dʼAubagne" ko‘chasida avariya holatidagi ikkita ko‘p qavatli uy qulab tushdi. Binoda yashovchilar avvaldan ko‘chirilgan bo‘lishiga qaramay, 12 nafarga yaqin uysiz bu yerdan panoh topib yashab yurgan bo‘lishi taxmin qilinmoqda. 

"AP" xabariga ko‘ra, 63 va 65-uylarning qulashi davomida shu atrofda bo‘lgan ikki kishi jarohatlangan va ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Fransuz polisiyasi Marsel shahri aholisi va mehmonlariga murojaat qilib, bu hududni aylanib o‘tishni so‘ragan.​​

Manba: O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!