Atom bombasi portlaganda omon qolgan olim vafot etdi

Atom bombasi portlaganda omon qolgan olim vafot etdi

 

2008 yil kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori bo‘lgan yaponiyalik olim Osamu Simomura 91 yoshida Nagasaki shahrida vafot etdi. Bu haqda Nagasaki universiteti vakillari “Kiodo” agentligiga ma’lum qilgan.
Ma’lumotga ko‘ra, Simomura 19 oktyabrda vafot etgan. Ammo bu haqda endi ma’lum qilingan.
Simomura 1928 yilda Fukutiyama shahrida tug‘ilgan va Nagasakida ta’lim olgan. Olim 1945 yilning avgustidagi yadro bombardimonida, portlash markazidan 25 kilometr masofada bo‘lgani holda tirik qolgan. 1960 yilda olim AQShga ko‘chib o‘tgan vaPrinston universitetida ishlay boshlagan. O‘limidan biroz avval olim Nagasakiga qaytib kelgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!