Ashxobodda chaqaloqni axlatga tashlagan talaba ushlandi

Ashxobodda chaqaloqni axlatga tashlagan talaba ushlandi

Ashxobod polisiyasi yangi tug‘ilgan chaqaloqning jasadini axlat qutisiga tashlaganlikda gumon qilingan fuqaroni qo‘lga oldi.

Manbaning "Azatlik" radiosiga aytishicha, qiz Turkmaniston davlat iqtisodiyot va menejment instituti talabasi.

Gaudan shahri aholisi yaqinda poytaxt hududi axlat qutisidan bo‘g‘ilib qolgan yangi tug‘ilgan bolaning jasadini topdi. Voqea 22 iyul kuni, Qurbon hayitining uchinchi kuni, taxminan soat 11 larda, Anqara ko‘chasi bo‘ylab, 31 va 42-sonli umumta’lim maktablari yonidagi hovlilarni tozalash paytida sodir bo‘lgan.

Shundan so‘ng polisiya o‘sha hududdagi uylarni aylanib chiqib, bolaning onasini topish uchun aholi bilan gaplasha boshladi.

"Kvartiralarga tashrif buyurgan polisiya, aholi sonini va ular orasida bolalar bor-yo‘qligini so‘radi. Shuningdek, ular aholi orasida homilador ayollar bor yoki yo‘qligi bilan ham qiziqishdi”, - dedi "Azatlik" muxbiri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, taxminan bir hafta o‘tgach, aholi Turkmaniston davlat iqtisodiyot va menejment institutining talabasi yangi tug‘ilgan chaqaloqning jasadini tashlaganlikda gumon qilingan shaxs ekanligini bilishdi.

Ta’kidlash joizki, institut talabalar turar joyi "Gaudan A" tumani yaqinida joylashgan.

"Talaba qiz polisiyaga o‘qituvchisidan homilador bo‘lganini va oilali erkak bilan munosabatini yashirish uchun choralar ko‘rishi kerakligini aytdi", - dedi ismini oshkor qilmaslik sharti bilan "Azatlik"ka.

"Azatlik" radiosi qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Turkmaniston davlat iqtisodiyot va menejment instituti bilan bog‘landi. Ammo javob ololmadi.

Mamlakat qonunlari amalda abort qilishni taqiqlaydi. Turkmanistonning "Fuqarolarning sog‘lig‘ini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunining 19-moddasiga binoan, besh haftalik homiladorlik paytida bolani abort qildirishga ruxsat beriladi.

Maxsus komissiya ayolning besh haftalik homiladorlikdan keyin abort qilish ko‘rsatmasi bor yoki yo‘qligini hal qilishi kerak. Bu axlat qutilariga tashlangan va tug‘ruqxonalarda tashlab ketilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar sonining ko‘payishiga olib keldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!