“Asad bor ekan, qochqinlar Suriyaga qaytmaydi”

“Asad bor ekan, qochqinlar Suriyaga qaytmaydi”

Bashar Asadning prezident lavozimida qolishi suriyalik qochqinlarning vataniga qaytishiga to‘sqinlik qilmoqda.

TASSning xabari berishicha, Turkiya parlamentining xalqaro aloqalar komissiyasi raisi Vulqon Bo‘zqir ana shunday fikr bildirgan.

“Kelgusida Bashar Asad bilan ishlash imkoniyati mavjudligini ko‘rmayapmiz, buni har doim aytib kelyapmiz, – dedi Bo‘zqir. – Hozir Turkiyada 4 million suriyalik qochqin bor, 5-6 million suriyalik vatanini tark etib, yaqin mintaqalar va Yevropada qo‘nim topgan. Bizningcha, Bashar Asad davlat rahbari sifatidan qoladigan bo‘lsa, qochqinlar vataniga qayta olmaydi”.

Vulqon Bo‘zqir Suriya xalqining o‘ziga munosib yetakchini topa olishiga umid bildirdi.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!