Armanistonning Ozarbayjon bilan tinch-totuv yashashdan boshqa imkoni yo‘q

Armanistonning Ozarbayjon bilan tinch-totuv yashashdan boshqa imkoni yo‘q

Armanistonning Ozarbayjon bilan tinch-totuv yashashdan boshqa imkoni yo‘q, dedi Turkiya Buyuk Millat Majlisi raisi Numan Kurtulmush.

Uning qayd etishicha, Ozarbayjon Armaniston bilan munosabatlarni normallashtirishni xohlaydi:
«Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi muammo Armanistonda yashovchi armanlar bilan emas, balki Yevropa va Amerikadagi arman diasporasi va bu mintaqada tinchlik bo‘lishini istamaydigan doiralar bilan bog‘liq. 30 yil armanlar ishg‘oli ostida bo‘lgan Qorabog‘ hududi 44 kun ichida ozod qilindi. Nikol Pashinyanning buni qabul qilish haqidagi so‘zlari, ayniqsa, arman diasporasi tomonidan katta norozilik bilan kutib olindi. Armanistonning bu mintaqada Ozarbayjon bilan tinchlik va hamjihatlikda yashashdan boshqa imkoni yo‘q».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!