Arkadag‘ning vorisi xorijga rasmiy tashrifini Rossiyadan boshladi

Arkadag‘ning vorisi xorijga rasmiy tashrifini Rossiyadan boshladi

Serdar Berdimuhamedov va Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri 30 mart kuni Moskvaga yetib kelgandi.

Tashrif 2 aprelga qadar davom etadi va uning doirasida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniyat va iqtisodiyot sohasidagi hamkorlik hamda BMT, MDH va YEXHTdagi harakatlarni muvofiqlashtirishni muhokama qilishi belgilangan.

Aslida, Arkadag‘ning merosho‘ri uchun bu tashrif xalqaro maydondagi ilk rasmiy tajribadir.

Turkmanistonda koronavirus cheklovlari bekor qilingandan so‘ng, bir hafta rus kinosi va teatrlari gastrol safarlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

Avvalroq, Ashxobod Rossiyaning ikkita vaksinasini birdan foydalanish uchun tasdiqladi – “Sputnik V” va “EpiVakKorona”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!