Argentinada qashshoqlik darajasi yuqori darajaga yetdi
Yanvar oyida Argentinada qashshoqlik darajasi keskin ko‘tarilib, 57,4 foizga yetdi, bu so‘nggi 20 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Argentina Katolik Universiteti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, Argentinada 27 millionga yaqin odam kambag‘al va ularning 15 foizi qashshoqlik chegarasidan past va oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondira olmaydi.
Yanvar oyida qashshoqlikning ortishiga prezident Xavyer Miley 10 dekabrda lavozimga kirishganidan ko‘p o‘tmay Argentina pyesosi devalvasiya sodir bo‘lgan. Bu mamlakatning asosiy oziq-ovqat savatchasi, shuningdek, xizmatlar va nooziq-ovqat tovarlari narxlarining oshishiga olib keldi.
Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, ishlayotgan oilalar va ijtimoiy dasturlardan nafaqa olmaydigan o‘rta sinf eng ko‘p zarar ko‘rgan.
Tadqiqotchi Eduardo Donzaning aytishicha, narxlarning oshishi argentinaliklarga salbiy ta’sir qiladi va mart oyigacha qashshoqlik mamlakat aholisining kamida 60 foiziga ta’sir qiladi.
Argentinaning yillik inflyasiya darajasi 2023 yil dekabrda 211 foizdan oshgani xabar qilingan edi, bu Lotin Amerikasidagi o‘n yilliklardagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
