Argentina Ukrainaga harbiy yordam berish niyatida emas

Argentina Ukrainaga harbiy yordam berish niyatida emas

Argentina Ukrainaga harbiy yordam berish niyatida emas, gap faqat gumanitar yordam haqida ketmoqda, dedi prezident Xavyer Maley matbuot kotibi Manuel Adorni.

"Yo‘q, biz hech qanday harbiy yordam ko‘rsatmaymiz, biz logistika sohasida, gumanitar masalalarda, hududlarni minalardan tozalashda yordam beramiz, ammo biz harbiy mojaroga aralashmaymiz" - dedi Adorni jurnalistlarga.

Argentinaning Cronista gazetasi avvalroq Germaniya tomonidan Argentina uchun ishlab chiqarilgan Argentina TAM o‘rta tanklarini Ukrainaga topshirish bo‘yicha muzokaralar olib borilgan bo‘lishi mumkinligini yozgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!