Arestovich: Urush boshlanganidan beri 10 ming ukrainalik askar halok bo‘ldi

Arestovich: Urush boshlanganidan beri 10 ming ukrainalik askar halok bo‘ldi

"Urush paytida taxminan 10 ming nafar askar halok bo‘ldi. Yaradorlar 30 mingga yaqin, ammo shuni tushunish kerakki, yaradorlarning 96-98 foizi armiyaga qaytarilgan. Ya’ni ular abadiy nogiron bo‘lib qoladigan yaradorlar emas", — dedi Aleksey Arestovich.

Rossiya Mudofaa vazirligi qurbonlar haqida bor-yo‘g‘i ikki marta, oxirgi marta 25 mart kuni 1351 kishi halok bo‘lgani va 3825 kishi yaralangani haqida xabar bergan edi.

Britaniya harbiy razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, may oyi oxiriga kelib Rossiya Ukrainada 15 mingga yaqin odamini yo‘qotgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!