Arafa kuni Ramazon hayitidan bir kun oldingi kunmi yo Qurbon hayitidan bir kun oldingi kunmi?

Arafa kuni Ramazon hayitidan bir kun oldingi kunmi yo Qurbon hayitidan bir kun oldingi kunmi?

Arafa kuni aslida hojilar Arafot tog‘iga chiqadigan kun. Aynan shu kuni nafl ro‘za tutish ikki yillik gunohlarga kafforat bo‘ladi. Nabiy sallallohu alayhi vasallam: "Arafa kunining ro‘zasi sababli Alloh taolo undan oldingi bir yil va undan keyingi bir yilni kafforat qilishini umid qilaman", deganlar.

Bu fazilatlar Qurbon hayitidan oldingi kun haqida. Zero, Ramazon hayitidan avvalgi kunda hamma musulmonlar shundoq ham farz ro‘za tutayotgan bo‘ladi. Ammo o‘zbek tilida har bir muhim sanadan oldingi kunni arafa deyishlik odat bo‘lib qolgan.

Masalan, bayram arafasida, nikoh to‘yi arafasida va hokazo, deganimizda, shu muhim kunlardan oldingi kunni tushunamiz.

Shu jihatdan olib qaraganda, tilimiz va urfimizga ko‘ra Ramazon hayitidan avvalgi kunning arafa deyilishi joizdir. Lekin bunga biror shar’iy hukm bog‘liq bo‘lmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda aytilgani bu shar’iy hukmlarga aloqador arafa kuni haqida aytilgan, deb tushuniladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!