AQShning harbiy savdo bitimlari 2018 yilda 55,66 milliard dollar bo‘lgan

AQShning harbiy savdo bitimlari 2018 yilda 55,66 milliard dollar bo‘lgan

AQShning Mudofaa vazirligi bo‘yicha agentligi chorshanba kuni mamlakatning tashqi harbiy savdo bitimlari 2018 yil moliyaviy yilida 55,66 milliard dollarga yetganini e’lon qildi.

AQShning moliyaviy yili har yili oktyabr oyida boshlanadi va 30 sentyabrda tugaydi.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan AQSh moliyaviy yilida mamlakat harbiy savdo bitimlari 55,66 milliard dollarga yetgan va bu 2017 yildagiga nisbatan 33 foizga ko‘pdir.

Ushbu mablag‘ning 47,71 milliard dollari qurol savdosiga tegishli.

2017 moliyaviy yilida AQShning tashqi harbiy bitimlari 41,93 milliard dollar bo‘lgan.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!