AQShga javob: Xitoy dollarni "yiqitmoqchi"
Xitoy AQSh qimmatli qog‘ozlarini sotishni boshlashi va bu bilan dollarning qadrsizlanishiga sabab bo‘lishi mumkin, deb yozadi South China Morning Post.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Pekin 1,1 trln. AQSh dollarilik davlat obligasiyalarining egasi va Xitoyning AQSh g‘aznachilik qimmatli qog‘ozlariga investisiyalarini qisqartirish masalasini ko‘rib chiqmoqda — bu Amerikaning koronavirus tufayli Xitoyga bo‘lgan munosabatiga javobdir.
"Bu, o‘z navbatida, AQShning davlat obligasiyalari bozorida muammolarni keltirib chiqarishi mumkin, chunki Vashington pandemiya va u bilan bog‘liq iqtisodiy zararga qarshi kurashish maqsadida bir qator dasturlarni moliyalashtirish uchun yangi qimmatli qog‘ozlarni ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirmoqda", deyiladi materialda.
Tahlilchilarga ko‘ra, bu xavfli harakat AQShning obro‘siga putur yetkazadi va ularning butun dunyodagi sarmoyadorlarga kerakli to‘lovlarni to‘lash imkoniyatidan mahrum qiladi.
Shu bilan birga, bunday radikal qadamlar Pekin tomonidan haddan tashqari keskin choralar sifatida qabul qilinadi. Shu bois Xitoy rahbariyati avval Vashingtonga boshqa yo‘llar bilan bosim o‘tkazishga urinib ko‘radi.
Bundan tashqari, Deloitte China bosh iqtisodchisi Xu Sitaoning fikriga ko‘ra, Xitoy va Rossiya jahon bozorida AQSh dollaridan voz kechish imkoniyatini ko‘rib chiqishmoqda.
