AQShda maymun chechakka qarshi vaksina yetishmayapti

AQShda maymun chechakka qarshi vaksina yetishmayapti

AQShda maymunchechakka qarshi vaksina yetishmaydi – Qo‘shma Shtatlarda ro‘yxatga olingan yagona vaksinaga bo‘lgan talab uning mavjudligidan sezilarli darajada oshib ketdi, deb yozadi Wall Street Journal.

AQSh oziq-ovqat va farmasevtika idorasi maymunchechakka qarshi faqat bitta "Jynneos" vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazgan va u faqat bitta kompaniya Bavarian Nordic tomonidan yetkazib beriladi.

Tibbiyot xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, Nyu-York, Chikago va San-Fransiskoda (virus tufayli favqulodda holat e’lon qilingan) minglab odamlar emlash uchun navbatda turibdi. Dastlab infeksiya yuqish xavfi yuqori bo‘lgan odamlar — erkak gomoseksuallar emlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!