AQShda «dunyoning eng tezkor ayoli» vafot etdi

AQShda «dunyoning eng tezkor ayoli» vafot etdi

Amerikalik kaskadyor ayol Kitti O'Nil 72 yoshida hayot bilan vidolashdi, deb yozmoqda Washington Post nashri. Kitti O'Nil «dunyoning eng tezkor ayoli» sifatida tanilgan edi. 

Xabarlarga ko‘ra, 2 noyabr kuni Kaliforniya shtatining Yurika shahrida pnevmoniyadan vafot etgan. Uning hayotdan ko‘z yumganini mahalliy dafn etish byurosi direktori Liza Karlsen tasdiqlagan.

Kitti O'Nil Hollivudning asosiy kaskadyorlik guruhi hisoblangan Stunts Unlimited jamoasiga qo‘shilgan ilk ayol edi. U raketa avtomobilini soatiga 600 mil (taxminan 966 km) tezlikda boshqarib, «dunyoning eng tezkor ayoli» nomiga muyassar bo‘lgan. 

U o‘zining eng mashhur tryuklaridan birini Wonder Woman (Mo‘’jiza-ayol) teleserialida ijro etgan: O'Nil Los-Anjelesdagi Hilton mehmonxonasining 39 metr balandlikdagi tomidan qulochini keng yoygan holda sakragan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!