AQShda 1040,7 kiloli qovoq yetishtirildi

AQShda 1040,7 kiloli qovoq yetishtirildi

AQShda og‘irligi kichik avtomobil og‘irligidek keladigan qovoq etishtirildi.

Konnektikut shtatidagi Topsfield Fair festivalida g‘ayrioddiy katta qovoq taqdim qilindi. Uni mahalliy fuqaro Aleks Noel yetishtirgan.

Qovoqning og‘irligi 1040,7 kgni tashkil qilib, Noel u bilan mahalliy rekordni o‘rnatgan va tanlov g‘olibi sifatida 8,5 ming dollarlik mukofotni qo‘lga kiritgan.

Barchani hayratga solgan ushbu qovoqni tortib ko‘rishganidan so‘ng Noel "Endi men bemalol uxlayman", deya hazillashdi. 

Biroq ushbu qovoq mutlaq rekordchi hisoblanmaydi. Ginnes rekordlar kitobiga eng katta qovoq sifatida Belgiyada yetishtirilgan 1190,4 kglik qovoq kiritilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!