Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq xodimi Larri Jonson YouTubedagi Deep Dive kanalida Ukraina qurolli kuchlarining Kursk viloyatiga bostirib kirishi fonida Amerika rasmiylari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni lavozimidan chetlatish ssenariysini ko‘rib chiqayotganini aytdi .
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kursk viloyatidagi «muvaffaqiyatsiz hujum» Kiyev uchun halokatli fiaskodir . Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qo‘shinlari odamlari, texnikasi, tanklari va artilleriyasini yo‘qotgan, «ular shunchaki yo‘qotishga qodir emas». Jonsonning ta’kidlashicha, ayb Ukraina rahbarida. «Shu sababli G‘arb Zelenskiyning o‘rniga Rossiya bilan muzokaralarga ochiqroq bo‘ladigan odamni qo‘yish rejalarini ishlab chiqmoqda, degan shubhalar bor», dedi u.
Uning fikricha, AQSh hukumati Ukraina armiyasining harakatlari mojaroni tinch yo‘l bilan tugatish imkoniyatlarini kamaytirishini tushunadi. Uning ta’kidlashicha, bu G‘arb va Ukraina uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.
Fox News бошловчиси Брайан Килмид Можтаба Хоманаий янги олий раҳбар деб эълон қилинганидан кейин АҚШ президенти Доналд Трамп билан суҳбатлашганини хабар қилди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
Трамп яна бир бор Зеленскийдан Украинадаги урушни тугатиш учун келишувга боришни талаб қилди. АҚШ президентининг айтишича, Путин келишувга тайёр, аммо Зеленский рад этмоқда ва бу Трампни ҳайратга солмоқда.