AQSh va Rossiya kelishuvi buzilish arafasida

AQSh va Rossiya kelishuvi buzilish arafasida

AQSh Prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisi Jon Bolton Moskvada Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokara o‘tkazdi. 

Uchrashuvda xalqaro maydondagi strategik xavfsizlik, Afg‘oniston, Suriya va Ukrainadagi vaziyat, Koreya mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish masalalari yuzasidan fikr almashilgan. 

J.Bolton Rossiya Federasiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi N.Patrushev bilan uchrashuvda AQSh Prezidentining ikki mamlakatning qisqa va o‘rta masofaga uchuvchi raketalarni ishlab chiqarishni to‘xtatish haqidagi kelishuvini bekor qilish niyati mavjudligini ma’lum qilgan.

– AQShning kelishuvdan chiqish haqidagi qarorini shunchaki Trampning tahdidi deb baholash mumkin, – deydi Rossiya Davlat dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mita raisi L.Sluskiy.

J.Bolton AQShning bunday qarorga kelishiga global muammolar hamda Yaqin Sharq va Erondagi vaziyat sabab bo‘layotganini ta’kidlagan. 

AQSh Prezidenti Nevada shtatida tashkil etilgan mitingdagi chiqishida Rossiyani ikki davlat o‘rtasidagi kelishuvga bo‘ysunmayotganlikda ayblab, kelishuv AQSh tomonidan bekor qilinishi ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 1987 yili AQSh va Rossiya o‘rtasida qisqa va o‘rta masofaga harakatlanadigan raketalarni ishlab chiqarishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishuv imzolangan. So‘nggi yillarda ikkala mamlakat bir-birini ushbu kelishuvni buzishda ayblab keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!