AQSh va Fransiya prezidentlari telefonda gaplashdi

AQSh va Fransiya prezidentlari  telefonda gaplashdi

AQSh va Fransiya prezidentlari Jo Bayden va Emmanuel Makron telefonda gaplashib, mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi, deb xabar beradi Oq uy.

Davlat rahbarlari Afrika mintaqasidagi vaziyat, Hind-Tinch okeani mintaqasidagi hamkorlik, shuningdek, Yevropa mudofaa tizimlarining mustahkamlanishi va samaradorligi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilgan.

Qayd etilishicha, Bayden Rimda Makron bilan shu oy oxirida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvga umid bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yil 15 sentyabrda imzolangan AQSH, Buyuk Britaniya va Avstraliya o‘rtasidagi AUKUS yangi ittifoqi Vashington va Parij o‘rtasida chuqur diplomatik inqirozni keltirib chiqardi.

Ittifoq doirasida Avstraliya yadroviy suv osti kemalari bilan ta’minlandi. Ushbu kelishuv tufayli Avstraliya fransuz kompaniyasi bilan suv osti kemalari uchun 66 milliard dollarlik shartnomani buzdi va bu Parijni g‘azablantirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!