AQSh va Eron ziddiyati: qurolli to‘qnashuv bo‘ladimi?

A A A
AQSh va Eron ziddiyati: qurolli to‘qnashuv bo‘ladimi?

AQSh va Eron ziddiyati urushga aylanib ketmaydimi? Bu savol bugun ko‘pchilikni o‘yga toldirgan. Tomonlar o‘rtasida kuchayib borayotgan taranglikning harbiy to‘qnashuvlarga aylanib ketishi strategik muhim nuqtada tasavvur qilib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Bu ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni kuzatar ekansiz, ikki tomonning ham o‘ziga xos qarashlariga guvoh bo‘lasiz. Birinchidan, Oq uy Eron AQShga qarshi ehtimoliy hujumlar uyushtirishga tayyorlanayotganini ta’kidlaydi, ammo bu iddao yuzasidan hozirga qadar aniq tafsilotlarni oshkor qilmagan. Shu kunlarda jahon matbuoti AQSh o‘z qurolli kuchlarini Yaqin Sharq mintaqasiga yaqinlashtirayotgani, Iroqdagi diplomatik missiya xodimlari soni qisqartirilgani va Vashingtonning harbiy harakatlar rejasini ko‘rib chiqayotganini xabar qilmoqda. Prezident Tramp ma’muriyati Tehronni aynan nimalardan ogohlantirayotgani ayon: AQShga qarshi har qanday xurujga nisbatan jiddiy harbiy javob qaytariladi.

Ikkinchi tomondan, yuzaga kelayotgan inqirozda Vashingtonning o‘zi aybdor. Ajablanarli jihati yo‘q, Eron ayni shu qarashni ilgari suradi. Ta’kidlash o‘rinliki, ko‘plab Tramp ma’muriyati tanqidchilari ham aynan shunday fikrda. Bundan tashqari, AQShning Yevropadagi ayrim muhim ittifoqchilari ham Trampning Yaqin Sharq siyosati bo‘yicha turli darajada xavotir bildirmoqda.

Hammasi nimadan boshlandi?

Biz yuzlashib turgan voqelik shuki, AQSh va Eron o‘rtasidagi urush ehtimoli yuqori. Tan olish kerak, 2015 yildagi xalqaro yadro shartnomasiga binoan olib tashlangan, ammo keyinchalik yana qayta joriy etilgan AQSh sanksiyalari Eron iqtisodiyotini holdan toydirmoqda. Eron esa yadro dasturini qaytadan ishga tushirish bilan dunyoga tahdid qilyapti. Prezident Tramp bir yil avval AQShni Eron yadro dasturini cheklash bo‘yicha erishilgan xalqaro bitimdan chiqarib olgan va Tehronga qarshi keng ko‘lamli bosim o‘tkazish siyosatini boshlagan edi. Vashington bunga izoh sifatida Tehron kelishuv majburiyatlarini buzganini keltirgan, Tramp esa kelishuv shartlari Eronning yadroviy ambisiyalarni cheklay olmasligini qayd etib o‘tgandi.

Eron esa Yevropa davlatlari va Rossiyani o‘ziga iqtisodiy ko‘mak ko‘rsatishga undamoqda, agar ular mamlakatning cho‘kib borayotgan iqtisodiyotini saqlab qolish chorasini ko‘rmasalar, u holda yadro bitimini bekor qilishini ta’kidlamoqda. Bunday holat faqat prezident Tramp ma’muriyati manfaatiga ishlashi mumkin. Har holda Tehronga qarshi kuch qo‘llash bahonasi paydo bo‘ladi.

Xalqaro matbuotda ketma-ket e’lon qilinayotgan maqolalardan prezident Trampning urushga nisbatan ro‘yxushligi yo‘qligini anglash mumkin, lekin uning hukumati a’zolari bu borada yakdil fikrga kela olmagan ko‘rinadi. Hokimiyatga kelganidan buyon Tramp xorijda AQSh harbiy harakatlarini qo‘llamasligi bilan ma’lum. Biroq AQSh harbiy kuchlari yoki bazalari hujumga uchragan taqdirda, prezidentning qo‘l qovushtirib o‘tirishiga ishonish qiyin. Bir vaqtning o‘zida Vashingtonning mintaqadagi ittifoqchilari — Isroil va Saudiya Arabistoni Eronga qarshi davom etayotgan bosimlarni bir chetdan turib olqishlayotgan bo‘lsa, Trampning yevropalik hamkorlari mavjud vaziyatdan tashvishga tushmoqda.

Ayni damda Eron va AQSh o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan harbiy ziddiyatni 2003 yilda boshlangan Iroq urushiga mengzaydiganlar talaygina. Biroq bu to‘g‘ri qiyoslash bo‘lmaydi. Eron Saddam Husayn Iroqidan juda katta farq qiladi. Saddam AQShga qarshi eskirgan oddiy qurollar bilan jang olib borgan bo‘lsa, Eron zamonaviy qurollar va ballistik raketalarga ega. 85 millionli aholining aksariyatini yoshlar tashkil qilishini hisobga olsak, har kim ham Eronga qarshi quruqlikda operasiya boshlashga botina olmaydi. Urush boshlangan taqdirda ham u keng ko‘lamda olib borilmaydi. Biroq har ne bo‘lsa-da, Eron bilan boshlanadigan urush butun Yaqin Sharqni olov ichida qoldirishi mumkin.

AQSh tashqi siyosatida inqiroz paydo bo‘ldimi?

Donald Tramp prezident etib saylangach, AQSh tashqi siyosatiga jiddiy putur yetishini bashorat qilganlar bo‘lgan edi. Bugungi kunda Eron atrofida shakllanib kelayotgan vaziyat AQSh tashqi siyosatida ko‘p tomonlama inqiroz paydo bo‘lganini o‘zida aks ettirmoqda: xalqaro bitimlarni xush ko‘rmaslik; mintaqaviy ittifoqchilarga haddan ziyod suyanish; uzoq vaqt AQSh hamkori bo‘lib kelgan NATO davlatlari bilan aloqalarning sovuqlashib ketishi; eng muhimi, Vashingtonning real strategik manfaatlarini aniqlay olmaslik va ilgari surolmaslik.

Dunyoda qudratli davlatlar raqobati oshayotgan, kuchiga kuch qo‘shilayotgan Xitoy va oyoqqa turayotgan Rossiyaga qarshi AQSh o‘z qurolli kuchlari salohiyatini kuchaytirishga tirishayotgan bir paytda Eron Vashingtonning strategik maqsadlarida qanday o‘rinni egallab turibdi? Eron global ta’sirga ega inqirozga sabab bo‘la oladimi? AQSh tashqi siyosati bo‘yicha ko‘plab tahlilchilar bu savolga yo‘q, deb javob beradi. Aksar ekspertlar Tehronni tiyib turish zarurligini ta’kidlaydi, ammo ochiq urushga sabab bo‘lishi mumkin harakatlar hozircha kuzatilmayotganini aytadi. Mabodo urush boshlangan taqdirda ham bu eronliklar va amerikaliklarning o‘z xatolari mevasi bo‘ladi.

Birgina imzo bilan AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning yadroviy intilishlarini jilovlab turishga qaratilgan shartnoma kelajagini xavf ostiga solib qo‘ydi. Prezident shartnoma va uning tarafdorlariga qarshi shafqatsiz hujum kampaniyasini boshlab yubordi. Biroq Tramp shartnomaning o‘rnini bosuvchi muqobil siyosiy yechim taklif qilmadi. Uning ushbu harakati oqibatida rasmiy Vashingtonning eng yaqin ittifoqdoshlari bilan diplomatik munosabatlariga putur yetishi mumkin. Ayni vaqtda ba’zilar Trampning bu qarori Yaqin Sharq mintaqasiga yangi va yanada dahshatli urush olib kelishi ehtimolidan xavotirga tushdi.

2015 yilda imzolangan Eron yadroviy dasturi shartnomasi hali butkul falajlanib qolgani yo‘q, lekin yashab qolish uchun ko‘makka muhtoj. Biroq mamlakat ichkarisidagi qudratli shaxslar Eronning nafaqat yadroviy dastur shartnomasidan, balki birato‘la Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomadan ham chiqib ketishini istamoqda.

Harbiy nizodan ko‘ra, diplomatik choralar ancha foydali

Muxtasar aytganda, vaziyat keskin. Donald Trampning Vashington Yaqin Sharqqa 1,5 mingga yaqin qo‘shimcha harbiy yuborishini e’lon qilishi, AQSh Davlat departamenti Eron islom inqilobi soqchilarini, ya’ni Eronning eng qudratli qo‘shinlarini terroristik tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgani olovga moy quyish bilan barobar bo‘ldi.

Biroq kuni kecha AQSh armiyasining iste’fodagi generallaridan iborat tashkilot Donald Trampga Eron atrofidagi keskinlikni pasaytirish iltimosi bitilgan maktub yo‘lladi. Iste’fodagi 90 nafar general imzo chekkan maktubda Eron bilan bog‘liq vaziyatdan chuqur tashvishda ekani aytiladi. «Urush shundoq ham beqaror Yaqin Sharqda oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlar olib keladi va AQShni ulkan moliyaviy va geosiyosiy xatarlari bo‘lgan nizoga tortadi», — deyiladi unda. Mualliflarning fikricha, harbiy nizodan ko‘ra diplomatik choralar ancha foydali bo‘ladi.

Ana shunday bir sharoitda Iroq o‘zining ikki muhim ittifoqdoshi — AQSh va Eron o‘rtasidagi inqirozni tartibga solishda vositachilik qilishni taklif qildi. «Biz yordam berish va vositachilik qilishga harakat qilmoqdamiz», deb aytgan Iroq tashqi ishlar vaziri Muhammad Ali al-Hakim eronlik hamkasbi Muhammad Javod Zarif bilan uchrashuvda. Al-Hakimning aytishicha, Iroq Vashington tomonidan qabul qilinayotgan bir tomonlama qadamlarga qarshi. Muhammad Javod Zarif, o‘z navbatida, Eron va Fors ko‘rfazidagi davlatlar o‘rtasida o‘zaro hujum qilmaslik bitimini tuzishga chaqirdi.

Xullas, Eron va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar borgan sari taranglashmoqda. Bu esa shundog‘am uzoq yillardan buyon siyosiy barqarorlikdan mosuvo bo‘layotgan Yaqin Sharq uchun yaxshilik olib kelmasligi aniq...


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Putin Zelenskiyning shartini qabul qildi

Кушнер бу ҳақда 19 ноябрь куни Берлинда Европа давлатлари етакчилари ва Украина президенти Владимир Зеленский иштирокида ўтказилган матбуот анжуманида гапирди.

"Janob Prezident, ukangiz 40 million dollarlik mehmonxonamni tortib oldi"

Қирғизистон президенти Садир Жапаров Иссиқкўл аҳолиси билан учрашувда кутилмаган эътирозга дуч келди.

Putin urush boshlanganidan beri ilk bor Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritgan G‘arb davlatlari rahbarlari bilan birga suratga tushdi

Суратда Владимир Путин Си Жинпиннинг ўнг томонида, биринчи қаторда турибди.

Toshkentdagi Qorasuv kanalidan Nil timsohi ushlandi

Бу ҳақда Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси маълум қилди.

Toshkent metropoliteni yurtdoshlarimizga murojaat bilan chiqdi

Сўнгги йилларда Тошкент шаҳрида аҳоли сони ва шаҳар инфратузилмаси кенгайиши билан жамоат транспортига, хусусан, метрополитенга бўлган талаб ҳам ортиб бормоқда.

Maduro qamoqxonadan Rossiyaga salom yo‘lladi

Бу ҳақда RIA Novosti агентлиги хабар берди.

Janubiy Koreya bo‘ylab havo qatnovi to‘xtatiladi, Wi-Fi o‘chiriladi va butun mamlakat bo‘ylab telefonlar o‘chiriladi

Бугун миллионлаб мактаб ўқувчилари университетга киришни белгилайдиган Сунын имтиҳонини топширишади.

"Evropa vakillari Moskvaga borishga tayyor, faqat..."

Елисей саройида Россиянинг мулоқотга расмий тус бериш таклифи ижобий баҳоланган.

Rossiya, Xitoy va AQSh yetakchilarining uch tomonlama uchrashuvidan asosiy bayonotlari

Мулоқот 1,5 соат давом этди.

Flik "Barselona" rahbariyatidan ikkita transfer so‘radi

"Барселона" бош мураббийи Ханс-Дитер Флик қишки трансферлар ойнасида жамоанинг ҳимоя чизиғини кучайтиришни муҳим вазифа деб ҳисобламоқда.

O‘zbekistonda kuchli yomg‘ir, qor va sovuq kuzatilishi kutilmoqda

Ўзгидромет 9–12 ноябрь кунлари Ўзбекистонда об-ҳаво шароити кескин ўзгариши ҳақида шошилинч огоҳлантириш эълон қилди.

O‘zgidromet 14–15 noyabr kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

Ўзбекистонда сўнгги кунларда кузатилган салқин ва ёғингарчили об-ҳаво ўрнини илиқ кунлар эгаллайди.

Isroilda parlament saylovlari yakunlandi: Netanyaxu uchun kutilmagan natija

Исроилда парламент сайловлари бўйича овозларни ҳисоблаш якунланди.

«An-Nasr» uch nafar yulduzisiz O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Саудия Арабистонининг «Ан-Наср» клуби Осиё Чемпионлар лигаси Элит мусобақасидаги навбатдаги учрашув олдидан Тошкентга етиб келди.

Aktrisa Barchin G‘ofurova va bloger "Kokosh" qamaldi

Бу ҳақда Тошкент шаҳар судлари матбуот хизмати хабар берди.

Ukraina qurol ishlab chiqarishni oshirishda qiynalmoqda

"Луч" конструкторлик бюроси раҳбари Олег Коростеловнинг айтишича, жорий йилда бир неча юзта "Нептун" ракетаси ишлаб чиқарилади, бироқ уларнинг сони мингтага етмайди.

Kim Chen In Tramp bilan muzokaralarni tiklashga urinishlarini e’tiborsiz qoldirmoqda

The Wall Street Journal'нинг хабар беришича, Доналд Трамп иккинчи муддатга Оқ уйга қайтганидан кейин ҳам Ким Чен Ин билан алоқаларни тиклашга уринишларни давом эттиряпти

Putin shaxsiy tartibda Ukraina uchun NATO nizomining 5-moddasi namunasidagi xavfsizlik kafolatlariga rozi bo‘ldi

Манбанинг сўзларига кўра, Путин NATO қўшинлари Украинада жойлаштирилмаслиги шарти билан бундай кафолатларга тайёр

Eron sobiq oliy rahbar oyatulloh Ali Xominaiyning yadro qurolini taqiqlovchi fatvosini bekor qilishi mumkin

У ушбу фикрларни Эроннинг ядро дастури атрофидаги давом этаётган муҳокамалар фонида билдирди.

Litva Kaliningrad viloyati chegarasidagi hodisaga aloqadorligini rad etdi

Будриснинг қўшимча қилишича, Литва ҳеч қачон ўз ҳаво ҳудудидан Россия ҳудудидаги объектларга ҳужум қилиш учун фойдаланишга рухсат бермаган

Bank xodimi mijozlarning 3,2 mlrd so‘mini qimorda yutqazdi

Бундан ташқари, яна бир шахс танишидан олган 26 минг долларлик иккита «Дамас» автомобилини қиморда бой берган.

Tatyana Kim Yevropa Ittifoqi sanksiyalaridan keyin Wildberries rahbarligidan ketdi

Маълум қилинишича, Ким 18 ноябр куни бош директорлик лавозимидан кетган. Унинг ўрнига Алексей Куликов тайинланган.

AQShda kiberxavfsizlik bilan bog‘liq uzilishlardan so‘ng Oq uy rahbarini almashtirdi

Бу ҳақда BBC’нинг америкалик ҳамкори CBS хабар берди.

Evropa huquq markazi Mossadning sobiq rahbari David Barneani «harbiy jinoyatlar» uchun hibsga olishga chaqirdi

Европа конституциявий ва инсон ҳуқуқлари маркази (ECCHR) Моссаднинг собиқ раҳбари Давид Барнеага қарши Ливанда содир этилган деб баҳоланаётган «ҳарбий жиноятлар» бўйича жиноий шикоят берди.

Meksikada eng katta narkobaronlardan biri qo‘lga olindi

Бу ҳақда «El País» нашри хабар берди.

Hurmuz bo‘g‘ozida 4 million barrel neft tashiyotgan ikki supertanker portladi

Бу ҳақда Tasnim News нашри Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (ИИҚК) денгиз кучлари матбуот хизматига таяниб хабар берди.

Isroil Eronga qarshi yangi urush boshlashga intilmoqda

Бу ҳақда The Wall Street Journal нашри хабар берди.

Qashqadaryoda bolalar janjali sabab qo‘shnisini pichoqlab o‘ldirgan erkak 19 yilga qamaldi

Бу жиноятни содир этган эркакка 19 йил муддатга озодликдан маҳрум қилиш жазоси тайинланди.

Ilon Mask respublikachilarni qo‘llab-quvvatlash uchun sarflagan 500 million dollaridan afsusda

Миллиардер Илон Маск АҚШдаги оралиқ сайловларда республикачиларни қўллаб-қувватлаш учун 500 миллион доллар сарфлаганидан афсусда эканини билдирди.

Parij meri GTA VI o‘yini sabab ishga kech qoldi

У буни очиқ тан олмаган, аммо шаҳар раҳбари соат 9:00 га белгиланган эрталабки йиғилишга келмади ва ишга фақат тушлик пайти етиб келган.

Putin Rossiya Yevropaga qarshi urushga tayyorlanayotgani haqidagi gaplarni rad etdi

Россия Европа билан урушга тайёрланаётгани йўқ, бироқ Европа Иттифоқининг бундай режалари ҳақида доимий равишда эшитиб турибди.

62,3 foiz pedagog kasbiy sertifikatlash sinovlaridan o‘ta olmagani ma’lum qilindi

2024–2026 йилларда ўтказилган олтита касбий сертификатлаш синовида 47 936 нафар педагог қатнашган, уларнинг 62,3 фоизи синовдан ўта олмаган.

Putin Qrim ko‘prigiga qilingan hujumlardan keyin o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv bo‘lmasligini aytdi

Унинг сўзларига кўра, Россия Хавфсизлик кенгаши билан айрим соҳаларда ўт очишни тўхтатиш имконияти муҳокама қилинган.

«Jorj Vashington» avianosesi Fors ko‘rfazini tark etdi — Bloomberg

Бу ҳақда Bloomberg агентлиги АҚШнинг икки расмийсига таяниб хабар берди.

Si Szinpin yadroviy qurollarni butunlay yo‘q qilishga chaqirdi

Хитой раҳбари Россия, АҚШ ва Хитой етакчилари иштирокидаги уч томонлама учрашувда ядровий қуролларни тақиқлаш ва уларни тўлиқ йўқ қилиш зарурлигини таъкидлади.

Tramp Eron bilan urushni tugatish uchun Rossiya va Xitoy yordami kerak emasligini aytdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Вашингтон Эрон билан урушни якунлаш учун Россия ёки Хитой ёрдамига муҳтож эмаслигини билдирди.

Rossiyaning 2 Tu-95 bombardimonchisi Tayvan HHM hududiga kirdi

Тайвань Мудофаа вазирлиги маълум қилишича, Россиянинг икки Ту-95 стратегик бомбардимончи самолёти оролнинг ҳаво ҳужумидан мудофаа тизими аниқлаш зонасига жануб томондан кирган.

Portugaliya Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini berishdan bosh tortdi

Бу ҳақда мамлакат ташқи ишлар вазири Паулу Ранжел Киевда украиналик ҳамкасби Андрей Сибига билан ўтказган матбуот анжуманида баёнот берди.

Turk qahvasini mashhur qilgan sir nimada?

Ҳар бир манзилнинг ўзига хос таъми унинг тарихи, маданияти ва турмуш тарзини намоён этади. Яқинда эълон қилинган саёҳат тенденциялари ҳисоботига кўра, сўров қатнашчиларининг 82 фоизи маҳаллий ҳаётда бевосита иштирок этиш ўша халқ маданиятини чуқурроқ англашга ёрдам беришини таъкидлаган.

Toshkentda Rossiya fuqarosi o‘z joniga qasd qildi

У яшаш манзили хонадонининг 9-қаватидан ўзини ерга ташлаб юборган ва олган тан жароҳатлари натижасида шу жойнинг ўзида вафот этган.