AQSh senatorlari Baydendan Kiyevga kassetali o‘q-dorilar berishni so‘rashdi

AQSh senatorlari Baydendan Kiyevga kassetali o‘q-dorilar berishni so‘rashdi

Bir guruh amerikalik respublikachi senatorlar AQSh prezidenti Jo Baydenga maktub yo‘llab, Ukrainani kassetali o‘q-dorilar bilan ta’minlashni so‘radi.

“Biz sizdan Ukraina Qurolli kuchlarini zudlik bilan kassetali o‘q-dorilar bilan ta’minlashingizni so‘raymiz", deyiladi xatda.

Respublikachilarning fikricha, o‘q-dorilar bilan ta’minlash boshqa harbiy yordam bilan birgalikda ukrainaliklarga Rossiya qo‘shinlarini mamlakatdan siqib chiqarishda yordam beradi.

Tegishli konvensiyani imzolagan dunyoning ko‘proq mamlakatlarida kassetali o‘qlardan foydalanish taqiqlangan. Biroq Rossiya, Ukraina va AQSh unga qo‘shilmagan edi.

2022 yil avgust oyida BMT Rossiya qo‘shinlarining yuzlab kassetali o‘q-dorilar hujumi, shuningdek, Ukraina harbiylari tomonidan ulardan foydalanishning bir necha holatlari haqida xabar bergan edi.

"Ukrainadagi urush paytida kassetali o‘q-dorilardan foydalanish inson hayoti va insonparvarlik tamoyillariga ochiqdan-ochiq e’tiborsizlikdir", — deya ta’kidlangan edi tashkilot xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!