AQSh razvedkasi Ukrainadagi urush yanada sekinlashishini bashorat qilmoqda

AQSh razvedkasi Ukrainadagi urush yanada sekinlashishini bashorat qilmoqda

AQSh razvedka hamjamiyati Ukrainadagi jangovar harakatlar sur’ati yaqin oylarda sekinlashishini kutmoqda, biroq buni Ukraina kuchlari tomonidan qarshilik ko‘rsatish irodasining pasayishi belgisi sifatida ko‘rmaydi, dedi AQSh Milliy razvedkasi direktori Evril Xeyns shanba kuni Kaliforniyada bo‘lib o‘tgan yillik Reygan milliy mudofaa forumida.

Xuddi shu forumda Xeynsning aytishicha, AQSh razvedkasi Xitoydan Rossiyaning Ukrainadagi harakatlariga yordam berishini ko‘rsatadigan hech narsa ko‘rmaydi va AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin tinch aholi hamda fuqarolik infratuzilmasiga hujumlar haqida gapirib, Rossiyani qasddan shafqatsizlikda aybladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!