AQSh Qimmatli qog‘ozlar komissiyasi Binance’ni sudga berdi

AQSh Qimmatli qog‘ozlar komissiyasi Binance’ni sudga berdi

AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi (SEC) eng yirik kriptovalyuta birjasi Binance Holdings Ins., uning AQShdagi filiali va kompaniya asoschisi Chanpen Chjao ustidan 13 ta ayblov bilan Vashington sudiga murojaat qildi.

SEC arizasida aytilishicha, birja AQShda ro‘yxatdan o‘tmagan va unga AQSh fuqarolariga xizmat ko‘rsatishga ruxsat berilmagan bo‘lsa-da, u ayrim badavlat amerikaliklarga platformadan foydalanishga imkon bergan.

“Chjao va Binance platforma operatorlarini yashirgan holda investorlarga risklarni nazorat qilish tartib-qoidalari hamda savdo hajmlari haqida chalg‘ituvchi ma’lumot bergan”, — dedi SEC rahbari Gari Gensler.

Binance saytida aytilishicha, kompaniya platformani faol himoya qilish niyatida. Binance AQSh birjasi emasligi sababli SEC harakatlari cheklangan, deyiladi xabarda. “Binance va unga hamkor platformalardagi foydalanuvchilarning barcha aktivlari, shu jumladan Binance.US, xavfsizdir”, — qo‘shimcha qilingan xabarda.

Binance.US vakillari SEC arizasi “na faktlar, na qonun va na Komissiyaning o‘z presedenti bilan asoslangan”ini aytdi.

SEC da’vosi haqidagi xabarlar ortidan, dunyodagi eng yirik kriptovalyuta narxi 5 foizdan ko‘proqqa tushib, har bir tanga bahosi 25 650 dollarni tashkil etdi, bu so‘nggi uch oy ichidagi eng past qiymat. Binance BNB kriptovalyutasi 9 foizdan ko‘proqqa arzonlashib, har bir tanga bahosi 276 dollargacha tushdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!