AQSh prezidenti Kongressdagi nutq so‘zlamoqda
Tramp nutqi boshida mamlakatdagi vaziyat haqida so‘z yuritar ekan, Qo‘shma Shtatlar avvalgidan qudratliroq, yaxshiroq va boyroq bo‘lganini aytdi.
"Hurmatli Kongress a’zolari va mening vatandosh amerikaliklarim, mamlakatimiz qaytdi, u har qachongidan ham kattaroq, yaxshiroq, boyroq va qudratliroqdir", — deya ta’kidladi AQSh prezidenti.
Tramp, shuningdek, AQShning dushmanlari undan qo‘rqayotganiga ishonch bildirdi.
Trampning boshqa qiziq bayonotlari
- Donald Tramp AQSh Kongressi oldida nutq so‘zlayotgan paytda “Qora tanlilar maymun emas!” deb yozilgan plakatni ko‘targan demokrat qonunchi El Grin zaldan chiqarib yuborildi.
- Tramp davlat mablag‘lari bilan bog‘liq firibgarlikka qarshi kampaniya boshlanganini e’lon qildi. "Bugun davlat mablag‘lari bilan bog‘liq firibgarlikka qarshi urush boshlanganini rasman e’lon qilaman. Aslida bu harakat to‘rt oy avval boshlangangan edi. Uni bizning ajoyib vise-prezidentimiz Jey Di Vens boshqaradi", — dedi AQSh prezidenti.
- Tramp AQSh Venesueladan 80 million barrel neft olganini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Venesuelada neft qazib chiqarish hajmi kuniga 600 ming barreldan ortiq miqdorga oshgan.
- Biz Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush, qotilliklar va qonli to‘qnashuvlarga barham berish uchun juda qattiq ishlayapmiz.
- AQSh tomonidan Ukrainaga yuborilayotgan barcha qurol-yarog‘lar uchun xarajatlarni NATO to‘liq qoplamoqda.
- Tramp Erondan yadro qurolini hech qachon ishlab chiqarmaslik bo‘yicha va’da olmaganini ma’lum qildi. "Ular kelishuv tuzmoqchi, biroq biz ulardan hech qachon yadro quroliga ega bo‘lmasliklari haqida hech narsa eshitmadik", — dedi AQSh prezidenti Kongressga qilgan muorjaati chog‘ida.
