"AQSh ovozini o‘chirsin": Xitoy elchisi shart qo‘ydi

"AQSh ovozini o‘chirsin": Xitoy elchisi shart qo‘ydi

Xitoyning AQShdagi yangi elchisi Sin Ganning aytishicha, Vashington va Pekin o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun mamlakatlar muloqot o‘rnatish uchun sharoit yaratishi kerak. Aks holda, Amerika rasmiylari jim bo‘lishlari lozim, deb ishonadi diplomat.

Sin Gan bu haqda avgust oyining oxirida Amerika Qo‘shma Shtatlari — Xitoy munosabatlari milliy qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan sessiyada aytgan. AQSH-Xitoy munosabatlarini qanday yaxshilash mumkinligi haqidagi savolga diplomat shunday javob bergan: "Vashington vaziyatni yomonlashini bas qilishi kerak. Aks holda, agar biz o‘rtadagi nizolarni yo‘qota olmasak, AQSh ovozini o‘chirsin", degan elchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!