AQSh mingdan ortiq xitoylik talabalarning vizalarini bekor qildi

AQSh mingdan ortiq xitoylik talabalarning vizalarini bekor qildi

Vashington Xitoy armiyasi bilan bog‘liq xitoyliklarning vizalarini bekor qildi. Shu sababli AQShni mingdan ortiq xitoylik, asosan talabalar va olimlar tark etadi.

AQSh davlat departamentida ta’kidlanishicha, AQSh “Xitoy kommunistik partiyasining harbiy ustunligini o‘rnatish g‘oyalarini ilgari surmaydigan” xitoyliklar uchun ochiq.

May oyida AQSh prezidenti Donald Tramp xitoylik aspirantlar va olimlarga AQShga kirishni cheklagandi. Vashingtonning fikricha, ular AQShga texnologiyalar va intellektual mulkni o‘g‘irlagani keladi va bu AQSh milliy manfaatlariga xavf soladi.

Xitoy ta’lim vazirligi AQSh hukumatining bunday xatti-harakatlariga qat’iyan qarshi ekanini bildirgan. Pekin Vashingtonni “teran fikrlashga, jamoatchilik fikrini hurmat qilishga hamda Xitoy va Amerika xalqlari o‘rtasida o‘zaro almashinuv va hamfikrlikni rivojlantirish uchun ko‘proq ish qilishga” chaqirgan.

“Biz Xitoy va AQSh o‘rtasidagi talabalar almashinuvini qo‘llab-quvvatlaymiz va turli davlatlar, jumladan, AQShdan Xitoyga o‘qishga kelishni istovchilarni qutlaymiz”, deyilgan Xitoy ta’lim vazirligida. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!