AQSH: Milliy gvardiya vakili koronavirusdan vafot etdi

AQSH: Milliy gvardiya vakili koronavirusdan vafot etdi

Amerikalik birinchi harbiy xizmatchi koronavirusdan vafot etdi, dedi AQSh Mudofaa vaziri Mark Esper. Uning so‘zlarini TASS keltirmoqda.

Siyosatchi marhumning ismini aytmadi, ammo u Milliy gvardiyada xizmat qilganini ta’kidladi. "Bu bizning harbiy hamjamiyatimiz uchun katta yo‘qotish", dedi vazir. U harbiy xizmatchining oilasiga, do‘stlariga, fuqarolik hamkasblariga va butun Milliy gvardiyaga ta’ziya bildirdi.

Avvalroq, Amerika yetakchisi Donald Tramp mamlakatda koronavirus o‘limining cho‘qqisiga ikki hafta ichida yetib borishini bashorat qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vaziyatning mumkin bo‘lgan rivojlanish modellari shundan dalolat beradi. Uning qo‘shimcha qilishicha, agar 200 mingdan kam odam infeksiya qurboniga aylansa, bu yaxshi ko‘rsatkich bo‘ladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!