AQSh mamlakatga it olib kirishni taqiqladi. Ular orasida O‘zbekiston ham bor

AQSh mamlakatga it olib kirishni taqiqladi. Ular orasida O‘zbekiston ham bor

AQShda 14 iyuldan boshlab dunyoning 112 mamlakatidan, xususan, O‘zbekistondan ham mamlakatga itlarni olib kirishga vaqtinchalik taqiq kuchga kirdi. Bu haqda AQSh Kasalliklar profilaktikasi va nazorati markaziga tayanib, UzNews xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, ushbu choralar AQShda quturish virusi tarqalish xavfining oldini olishga qaratilgan.

Shuningdek, mazkur ro‘yxatga kiritilmagan davlatda istiqomat qiluvchi, biroq «yuqori xavf darajasiga ega mamlakatda» so‘nggi olti oy ichida bo‘lgan fuqarolar ham iti bilan AQShga kira olmaydi. Ammo it bilan mamlakatga kirish zarurati tug‘ilgan vaqtda idoraning o‘zidan ruxsat olish kerak bo‘ladi, faqat buni oldinroq amalga oshirish kerak. AQSh hududiga yetib kelinganida hujjat taqdim etilmaydi.

O‘zbekistondan tashqari, ushbu ro‘yxatdan Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus, Tojikiston, Ukraina va boshqa davlatlar o‘rin olgan.

AQSh Kasalliklar profilaktikasi va nazorati markazining ma’lum qilishicha, ushbu taqiq choralari vaqtincha va mamlakatdagi itlarning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!