AQSh Koreya yarimorolini yadrosizlantirish grafigini ishlab chiqadi

AQSh Koreya yarimorolini yadrosizlantirish grafigini ishlab chiqadi

AQSh hukumati yaqin orada Koreya yarimorolini yadrosizlantirish bo‘yicha kelishuvlarni amalga oshirish grafigini KXDRga taqdim qilmoqchi. Bu haqda Reuters’ga tayanib, «Gazeta.ru» xabar bermoqda, dedi "daryo.uz".

Ma’lumotlarga qaraganda, grafik Donald Tramp va Kim Chen In uchrashuvida imzolangan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha AQSh konsepsiyasini o‘z ichiga oladi.

AQSh konsepsiyasida rejalar qisqa va lo‘nda tarzda bayon qilinib, hujjatda Shimoliy Koreyaning «qay darajada sodiq bo‘lishi» lozimligi aniq belgilab qo‘yiladi.

Avvalroq Tramp Koreya yarimorolini yadrosizlantirish jarayoni boshlanganini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni kunlarda AQSh hukumati Shimoliy Koreya bilan muzokaralar olib borishda davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!