AQSh harbiy operasiyalarni qayta boshlaydi

AQSh harbiy operasiyalarni qayta boshlaydi

Amerikalik harbiylar Iroqdagi ISHID terrorchilik tashkiloti jangarilariga qarshi operasiyalarni va Iroq kuchlarini tayyorlashni qaytadan boshlaydi, deb xabar qiladi «Kommersant’».

AQShdagi amaldorlardan birining aytishicha, ikki mamlakat harbiylari o‘rtasidagi ayrim qo‘shma operasiyalar hozirda boshlangan, biroq oldingidek ko‘p emas.

Iroq Qurolli Kuchlarini qayta tayyorlash bo‘yicha ishlarning detallari hozirda ko‘rib chiqilmoqda.

Yana bir amaldorning ma’lum qilishicha, armiya amaldorlari iroqliklar bilan operasiyalarni qayta boshlashni muhokama qilishmoqda, ammo bu muzokaralarda kimning aniq ishtirok etgani va bu Iroq hukumati tomonidan tasdiqlanganmi yoki yo‘qmi noma’lum.

Avvalroq Iroq parlamenti mamlakatda ISHIDga qarshi kurashayotgan Amerika va koalisiyaga a’zo boshqa davlat qo‘shinlarini mamlakatdan chiqarib yuborishga ovoz bergandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!