AQSh Germaniyaga 35 qiruvchi samolyotini sotishni ma’qulladi

AQSh Germaniyaga 35 qiruvchi samolyotini sotishni ma’qulladi

AQSh ma’muriyati Germaniyaga 35 ta eng yangi F-35 qiruvchi samolyotlarini sotishni ma’qulladi. Ehtiyot qismlari va qurollari bilan birga ushbu samolyotlarning jami qiymati 8,4 milliard dollarga baholanmoqda, deyiladi AQSh mudofaa bo‘yicha hamkorlik agentligi.

Pentagon tuzilmasida faoliyat ko‘rsatayotgan mazkur agentlik bu haqda kongressga bayonnoma jo‘natdi, deyiladi xabarda.

Germaniyaga yetkazib beriladigan 35 ta qiruvchi samolyot eng yangi beshinchi avlod samolyotlari bo‘lib, unga 37 ta dvigatel hamda qurol-yarog‘lar, jumladan, 105 ta AMRAAM “havo-havo” raketasi va 75 ta tutib bo‘lmaydigan qanotli raketalar ham qo‘shib beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!