AQSh Yevropadan yadro qurolini olib chiqmoqchi emas

AQSh Yevropadan yadro qurolini olib chiqmoqchi emas

AQSh Rossiya bilan taklif qilingan istalgan mavzuni muhokama qilishga tayyor, biroq Yevropadan yadro qurolini olib chiqmaydi. Bu haqda AQSh prezidentining maxsus elchisi Marshall Billingsli “Kommersant” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Billingsli AQSh Yevropadan yadro qurolini olib chiqishga tayyorligi haqida berilgan savolga rad javobini bergan. “Yo‘q, biz buni qilmaymiz. Biroq Rossiya biz bilan gaplashishni istagan barcha narsani muhokama qilishga tayyormiz”, deb aytgan Billingsli.  

“Biz Rossiya tomoni pozisiyasiga jiddiy munosabatda qaraymiz va umumiy xavotirga hamda bir tomon xavotiriga sabab bo‘ladigan masalalar bo‘yicha professional muloqot olib borishni muhim deb hisoblaymiz. Shu sababli Rossiya bilan NATO va yadroviy bosib turish kafolatlarimiz haqida gaplashishga tayyormiz. Biroq biz yadro qurolini u saqlanadigan biror joydan olib chiqmaymiz va buni Rossiyadan ham talab qilmaymiz”, deb qo‘shimcha qilgan Billingsli.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!