AQSh Yevropada o‘z raketalarini joylashtirmasligini ma’lum qildi

AQSh Yevropada o‘z raketalarini joylashtirmasligini ma’lum qildi

Amerika Qo‘shma Shtatlari hozircha Yevropada o‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnoma bilan taqiqlangan raketalarni joylashtirishni rejalashtirmayapti. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton ma’lum qildi.

«AQShning yaqin kelajakda Yevropada o‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnoma bilan taqiqlangan raketalarni joylashtirish rejasi yo‘q. Bu alyans va Qo‘shma Shtatlar uchun global strategiya masalasi hisoblanadi. Biz bu borada ittifoqchilar bilan maslahatlashuvlar olib bormoqdamiz», — dedi u.

Boltonning so‘zlariga ko‘ra,ayni vaqtda mazkur shartnomaga faqatgina ikki davlat aloqador va Rossiya uni buzmoqda, shartnomaning o‘zi esa eskirgan. Xitoy, Eron, Shimoliy Koreya, Hindiston va Pokiston mazkur shartnomaga aloqador emas.
«Bizning baholashimizga ko‘ra, masalan Xitoydagi barcha ballistik va qanotli raketalarning uchdan bir qismidan yarmigacha qismi shartnoma bandlarini buzadi. Bu raketalar Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyodagi ittifoqchilarimizga xavf soladi», — dedi Bolton.

Uning qayd etishicha, Erondagi o‘rta masofaga mo‘ljallangan ballistik raketalar soni Xitoynikdan ham ko‘proq.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!