AQSh Eron yaqinida qo‘shimcha harbiy kuchlarni to‘plamoqda
Qo‘shma Shtatlar Eronga qo‘shimcha harbiy kuchlar yubormoqda.
Bu haqda AQSh moliya vaziri Skott Bessent Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Avvalroq The Wall Street Journal nashri Pentagon ikkinchi aviatashuvchi guruhga Yaqin Sharqqa joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rishni buyurganini xabar qilgan edi. "Prezident Donald Tramp va kotib Xegset Eronga qo‘shimcha harbiy kuchlar va aktivlarni yubormoqda", dedi moliya vaziri.
Bessentning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti AQSh Eron yadroviy inshootlariga zarba berganidan so‘ng, AQSh Tehron bilan ancha qulayroq kelishuv bo‘yicha muzokara olib borishi mumkin, bu qaror Eron rasmiylari ixtiyorida qoladi, deb hisoblaydi. AQSh moliya vaziri shuningdek, Eron go‘yoki faqat "moliyaviy bozorlarda yoki harbiy masalalarda bo‘lsin, qo‘pol kuch"ni tushunadi, deb ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, 26 yanvar kuni Vashington Eronga "ulkan armada" yo‘l olayotganini e’lon qilgan edi. Amerika tomoni Tehron muzokaralar stoliga o‘tirib, yadroviy quroldan to‘liq voz kechishni o‘z ichiga olgan "adolatli va teng huquqli" kelishuvga erishishiga umid bildirdi. AQSh 2025 yil yozida Islom Respublikasiga qilingan hujumlarga ishora qilib, "keyingi hujum yanada battar bo‘lishi" haqida ogohlantirdi va "bunga yo‘l qo‘ymaslikka" chaqirdi.
