AQSh da bedavo sarkoidozga qarshi muolaja usuli topildi

Bemorlarni revmatoid artritga qarshi tan olingan preparat yordamida davolashdi. Tadqiqot sinov tariqasida o‘tkazildi, biroq olimlar uning istiqboliga ishonch bildirmoqdalar: yangi usul havfli dardni davolash yo‘lida keskin ilgarilash bo‘lishi mumkin.
AQShning Yelsk Universitetida sarkoidoz ko‘pgina a’zolar va to‘qimalarni shikastlovchi yallig‘lanish kasalligi bo‘lgan bemorlarni eksperimental davolash natijalari taqdim etildi. Ko‘ngilli qatnashchilarni revmatoid artritni tuzatish uchun qo‘llanadigan tofasitinib preparati yordamida davolab ko‘rishdi, deb xabar beradi universitet sayti.
Dastlabki natijalarda sarkoidozga chalingan uchta bemorning muolaja jarayoni bayon qilingan. Davolash sxemasi dorini bir necha oy davomida bir tabletkadan kuniga ikki mahal dozada qabul qilishdan iborat.
Natijada kasallikning tashqi belgisi bo‘lmish terida shikastlanishning kamayishi namoyon bo‘ldi. Vaqt o‘tgach, teri eritemalari yo‘q bo‘lib ketdi.
Aniq bo‘lishicha, tofasitin bilan davolash yordamida bemorlarda Jak-STAT signal yo‘llari faollashmagan. Buning natijasida bu kasallik qanday kelib chiqishini hozir bilolmaymiz. Natijalar olingach, birinchi taxminlarni ilgari surish mumkin bo‘ladi.
Endi olimlar guruhi tadqiqot doirasida 200 nafar ko‘ngilli qatnashchilarda signal yo‘li omilini baholashni rejalashtirmoqda. Mualliflar agar natijalar tasdiqlansa, muolaja sarkoidozni davolash yo‘lidagi keskin ilgarilash bo‘ladi, deya ishonch bildirishyapti.
Ba’zi bemorlarda sarkoidoz erta bosqichda belgilarsiz kechadi va to‘satdan: kasallik birinchi bo‘lib hujum qiladigan o‘pkani instrumental diagnostika qilish paytida oshkor bo‘ladi. Olimlar muntazam profilaktik ko‘riklar kasallikni erta bosqichda aniqlashga yordam beradi, deb hisoblaydilar.
Asosiy tashhis quroli sifatida tez orada inqilobiy desa bo‘ladigan skanerdan foydalaniladi u bir necha sekund ichidayoq odamning butun tanasini uch o‘lchamda qamrab olib ko‘rsatishga qodir.
Manba: ufq. uz